только для медицинских специалистов

Консультант врача

Электронная медицинская библиотека

Раздел 2 / 14
Страница 1 / 1

Kirish

Salus aegroti suprema lex.

Bemor manfaati — oliy qonun.

Shifokor bemorni tekshiruvdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash jarayoniga javobgar hisoblanadi, uni xato qilishga haqqi yo‘q. Shifokor xatosi bemorga nisbatan shifokorning (yoki tibbiy xizmatlarning) hozirgi kunda qonun bilan belgilangan yoki barcha qabul qilgan qoidalarga mos kelmay, bemor ahvolini yomonlashishiga yoki uning o‘limiga olib kelgan, deb baholanadi. Bemor havfsizligi standartiga mosligi tibbiy xizmat sifatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Katta tibbiyot ensiklopediyasida shifokor xatosiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Bu shifokorning o‘z kasbiy vazifalarini bajarish paytida yo‘l qo‘ygan xatosi bo‘lib, u jinoyat yoki qonunbuzarlik belgilariga ega bo‘lmagan vijdodan adashishning oqibatidir”. Tibbiy xodimning javobgarlik darajasi shifokor xatosi qay sharoitda yo‘l qo‘yilganligini inobatga olgan xolda aniqlanadi.

Aksariyat shifokor xatolarining ostida inson omili yotadi: shifokor yetarlicha malakaga ega emasligi, sovuqqonlik, mas’uliyatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, bemorning sog‘lig‘i va hayoti uchun ma’uliyatiga bo‘lgan ichki vajlar yetishmovchiligi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining tahliliga binoan shifokor xatolari odatda aynan shu omil bilan belgilanadi. Ammo ko‘pincha yuqorida qayd etilgan sabablar bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki sharoit yoki tasodiflar tufayli sodir bo‘lgan xatolar ham uchraydi. Bunday xatolar uchun shifokor jinoiy javobgarlikga jalb etilmaydi. 2004 yillar butun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bemorlar havfsizligini ta’minlash bo‘yicha halqaro tibbiy alyansni tashkil qildi.

Tibbiy oliygohlarda talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan barcha fanlar va amaliy ko‘nikmalar kelajakda shifokorga o‘z kasbiy vazifalarini yuqori darajada bajarish va bemorga zarar yetkazmaydigan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Oliygohdagi ta’lim aynan shunga bag‘ishlanadi. Har bir bemorga ziyraklik va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish kasbiy mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Tibbiy oliygohda tibbiyot san’atiga ega bo‘lish uchun barcha sharoitlar mavjud: amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar, bemor to‘shagi va jarrohlik stoli yonida. Ta’lim tizimi bilim, mahorat va shifokorlik ko‘nikmalarini beradi. Ularni faqat o‘quv vaqtidan to‘g‘ri foydalangan talabagina o‘zlashtiradi. Tibbiy fanlar ham xuddi inson organizmining a’zolariday o‘zaro chambarchas bog‘liq, shuning uchun barcha fanlarni chuqur o‘zlashtirish talab etiladi. Diplomdan so‘nggi mutahasisiligi bo‘yicha malaka oshirish kurslari u yoki bu soha bo‘yicha shifokorlik yo‘nalishini shakllantiradi va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish imkonini beradi. Bu paytda yosh shifokorda shifokorlik kasbining chuqur his qilingan etik ruhiy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, shifokorlik bilimlarini olish va doimiy boyitib borish uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratiladi, ular esa har bir bemor bilan ishlashda shifokorlik xatosiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Для продолжения работы требуется вход / регистрация